SOF AGRO
Kompaniya
SOF AGRO
Davlatimiz rahbari hamda Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan «SOF GROUP» Rahbari Baxtiyor G‘ulomovichga «SOF AGRO» Korxonasini tashkil qilish taklifi berildi va shu taklifga asosan «SOF AGRO» korxonasi 2020-yilda Qashqadaryo viloyati, Koson tumanida tashkil etildi va bugungi davrgacha ekologik toza va organik qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish bilan shug‘ullanib kelmoqda.
SOF AGRO hududidagi yer maydoni hech qachon hech qanday maqsadda foydalanilmagan va shu sababli u organik va ekologik toza mahsulotlar yetishtirish uchun ideal va eng qulay joy hisoblanadi.
“SOF AGRO” korxonasining o‘ziga xos jihati shundaki, u 1900 metr chuqurlikdan keladigan 60-65 daraja haroratli tabiiy, toza va issiq suvdan foydalanadi.